09:39 / 08.12.2015
2559

Parijdagi teraktlar paytida “Bataklan”da konsert bergan guruh Parijda U2 bilan konsert berdi

Parijga uyushtirilgan bir qator teraktlardan keyin o‘sha mash'um kuni “Bataklan” konsert zalida konsert bergan Kaliforniyaning Eagles of Death Metal rok-guruhi Irlandiyaning mashhur U2 guruhi bilan Parijda Sena daryosi bo‘yida 20 minglik AccorHotels Arena maydonida konsert berdi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.     

13 noyabrda terrorchilar AQSh guruhining konsertida bo‘lgan 89 kishini o‘ldirgan. U2 guruhi esa shu teatrda ertasiga konsert berishi kerak bo‘lgan, biroq konsert teraktlar tufayli bekor qilingan.

“Ulardan uch hafta avval sahnani olib qo‘yishdi va biz bu kecha ularga o‘zimizniki taklif qilishdan xursandmiz”, deb aytdi U2 xonandasi Bono.

Eagles of Death Metal va U2 guruhlari “People Have the Power” (“Odamlar kuchga ega”) qo‘shig‘ini ijro etishdi. Qo‘shiq matnida odamlar birlashib, ahmoqlikka qarshi kurashib, dunyoni o‘zgartira olishlari haqidagi so‘zlar bor.

Bono Fransiya bayrog‘ini ustiga tashlab, bisga chiqib, fransuz tilida ijod qiluvchi belgiyalik mashhur qo‘shiqchi Jak Brel 1959 yilda ijro etgan “Ne me quitte pas” (“Meni tark etma”) qo‘shig‘ini kuyladi.

“Bataklan” konsert zaliga hujum oqibatida 89 kishi halok bo‘ldi. Parijda o‘sha kecha uyushtirilgan boshqa teraktlarda yana 41 kishi halok bo‘lgan.

Top