18:13 / 08.12.2015
3024

Qoraqalpog‘istonda Damas avtomobilini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani IIB navbatchilik qismiga mahalliy fuqarodan Damas rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, avtomobil arizachi tomonidan savdo majmuasining avtomashinalar saqlash joyida qoldirilgani ma'lum bo‘lgan. Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs 36 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi va qo‘lga olindi. 
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top