09:15 / 08.12.2015
7884

Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Siyosatchi o‘z tvitterida dushmanlikning yopirilishi va mamlakat xavf ostida qolayotgani to‘g‘risidagi “muhim bayonot”ini e'lon qildi. Millarderning fikriga ko‘ra, bir qism musulmonlar amerikaliklarga nisbatan yangi hujumlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan dushmanlik kayfiyatida.

Dushmanlik sababi aniqlashtirilmaguncha fuqarolar odamlar qurboniga aylanmasligi kerak, deb hisoblamoqda Tramp.
Trampning bayonotiga Amerika-islom munosabatlari kengashi izoh berib, uni fashizm sohasidagi chiqish deb atadi. Avvalroq esa CNN sharhlovchisi Donald Trampni Gitler bilan tenglashtirgan edi.

Top