23:47 / 08.12.2015
4283

Tramp: musulmonlarni AQSh hududiga kiritmaslik lozim, bizda boshqa chora yo‘q

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp, AQShga musulmonlarni kiritmaslik haqidagi fikriga izoh berar ekan, bularning bari vaqtinchalik chora ekanligini aytib o‘tdi. Bu Reuters xabar bermoqda.

Tramp o‘z harakatini AQSh prezidenti Franklin Ruzveltning Ikkinchi jahon urushi davrida yaponiyaliklar, nemislar va italiyaliklarga nisbatan munosabati bilan taqqoslagan.

Uning tanqidchilari Trampning ushbu g‘oyasini Amerika qadriyatlariga zid, deb baholagan.

Top