18:56 / 08.12.2015
31178

Yilning eng ta'sirli ijtimoiy reklamalari

Tayyorlanishi yaxshi bo‘lgan reklama e'tiboringizni tortadi va uzoq vaqt davomida yodda qoladi, aynan mana shu jihat ijtimoiy masalalar uchun juda muhim. Insonlarni o‘ylash va harakat qilishga majbur etish salmoqli o‘zgarishlar yo‘lidagi ilk qadamdir.

Bizni bu yil hayratga solgan ijtimoiy reklamalardan bazilarini misol keltirib, e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

1.  Telefonli devor

2.  Pekindagi Ogilvy kompaniyasi gadjyetlar hayotimizda qanday o‘rin tutishini aks ettiruvchi kampaniyani yaratdi. Kompaniya shiori: “Qanchalik ko‘p suhbatlashsak, shunchalik kam suhbatlashamiz”.

3.  Chekishga qarshi ijtimoiy reklama

Tashqi reklama operatori Russ Outdoor ijodkor agentlik MILK bilan hamkorlikda “Baribirmi?!” ijtimoiy loyihasi doirasida tayyorlagan reklama mana shunday ko‘rinishda. Kampaniyaning maqsadi – yosh ayollar va bo‘lajak onalar diqqatini chekish sababli yuzaga keluvchi farzandsizlik rivojlanishi muammosiga qaratishdan iborat.

4.  Tezlik o‘ldiradi

5.  “Tezlik o‘ldiradi” – bu shior ijtimoiy kampaniyalarda avval ham bir necha marotaba qo‘llanilgan. Western Cape Government reklama agentligi g‘oyani to‘g‘ri surat bilan to‘ldirdi.

6.  Qo‘pol bo‘lma

7.  RATP fransuz kompaniyasi insonlarni boshqa yo‘lovchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga undaydigan ijtimoiy reklama yaratdi.

8.  Och odamni to‘ydirish sen o‘ylaganingdan osonroq

TBWA/Hunt/Lascaris (Yoxannesburg, JAR) agentligi – och qolayotganlarga yordamga chaqiruvchi ijtimoiy reklamaning muallifi

9.  Zo‘ravonlikka barham ber: rulga mast holda o‘tirma

Terremoto Propaganda o‘zining mast holatda rulni boshqarishga qarshi bo‘lgan ijtimoiy plakatlarida insonni bezovta qiladigan mazkur masalaga yangicha qarashni taqdim etgan.

10.  Bunday reklamaning yonidan befarq o‘tib ketolmaysan

Axlatni yig‘ishning bunday g‘aroyib usuli Buyuk Britaniyadagi Hubbub kompaniyasi tomonidan o‘ylab topilgan. Loyiha chekuvchilarni turli mavzular uchun sigaret qoldiqlarini ajratilgan idishlarga solib, ovoz berishga undaydi.

12.  Hech bir bola katta bo‘lganida semiz bo‘lishni orzu qilmagan

LatinWorks (Ostin, AQSh) agentligi tomonidan semizlik muammosiga bag‘ishlangan ijtimoiy reklama ortiqcha vazn insonni o‘z istaklaridan voz kechishga majbur etishi haqida hikoya qiladi.

13.  Axlatning o‘z uyi bor

14.  “Baribirmi?” loyihasi doirasidagi yana bir reklama ko‘chalarni ifloslantirmaslikka undaydi.

15.  Sen ikki daqiqada sarflaydigan miqdorga u ikki kun yashashi mumkin

Colgate-Palmolive suv resurslarini tejamkorlik bilan iste'mol qilish masalasiga qaratilgan kampaniya tashabbusi bilan chiqdi.

16.  Brend logotiplari yangicha mazmun kasb etmoqda

17.   Mozambique Fashion Week ijtimoiy reklamasi yungli kiyim-kechaklar, fil suyagi va karkidon shohidan foydalanishga qarshi, uning brakonerlarni to‘xtatib qolishiga umid yo‘q. Biroq balki u xaridorlarni o‘ylantirib qo‘yar?

18.  Ikki kishi haqida o‘yla

Yekaterinburgdagi Red Pepper reklama agentligi o‘zining ijtimoiy reklamasida mashina rulida ekanligingizda chalg‘imaslikka chaqiradi, ayniqsa maktabdagi ta'til vaqtida.

19.  O‘yinchoqlar bolalar mehnatiga qarshi

20.  Portugaliyalik ijtimoiy reklamada o‘yinchoqlar dunyodagi ko‘plab bolalar bajarishga majbur bo‘lgan ish bilan mashg‘ul – ular ishlaydi. Yumshoq ayiqcha tikuv mashinasida, telepuzik yoqimli janobning oyoq kiyimini tozalashi kishida unutilmas taassurot uyg‘otadi.

21.  Tunetsni ko‘rganingda pandani ko‘z oldingga keltir

Ogilvy&Mather Singapur agentligi agar tunetsning o‘rnida panda bo‘lganida qanday bo‘lishi haqida o‘ylashga majbur etadi.

22.  Rulda ekanligingda telefonda so‘zlashma

23.  Mudra Group hind agentligi o‘zining u qadar yoqimli bo‘lmagan, biroq juda ta'sirli reklamasida haydovchilarni rulda e'tiborli bo‘lish va to‘g‘irlab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keluvchi - telefonda suhbatlashmaslikka chorlaydi.

24.  Layklar ish bermaydi

25.  Publicis Singapur agentligi tomonidan tayyorlangan ijtimoiy reklama shiori: “Layklar yordam bermaydi. Ko‘ngillikka aylan. Hayotni o‘zgartir”.

26.  Kamarni taqib ol, o‘z hayotingni saqlab qol

Kanadaning SAAQ reklama agentligi tomonidan tayyorlangan reklama plakatlari «Kamarni taqib ol. Yashashda davom eting» shiori bilan haydovchilarni kamarni taqib olishga chaqiradi.

27.  Erkak bo‘l

Mazkur reklamani tayyorlash fikri peterburglik Kirill Korobkinga tegishli. Uning homilador singlisi metroda to‘rt bekat davomida unga hech kim joy bermaganligini aytganida aynan shu g‘oya paydo bo‘lgan.

28.  Ichdingmi? Kim seni olib ketishini tanla

Islandiyada tayyorlangan ijtimoiy reklama alkogol ichimliklarini ichib olgan fuqarolarga transport va taksi, politsiya, tez yordam yoki ko‘mish byurosini aniqlashtirib olishni taklif etadi. Juda o‘rinli fikr, shunday emasmi?

Top