12:27 / 09.12.2015
3062

“Lukoyl O‘zbekiston” rejali ta'mirlash ishlari strategiyasi loyihasini ishga tushirdi

“Lukoyl O‘zbekiston” rejali ogohlantirish ta'mir ishlari strategiyasini rivojlantirish va rejalashtirish (Shutdown & Turnaround) loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda “Lukoyl Oversiz”ning korporativ gazetasi bo‘lmish “Neftyanyye vedomosti” yozmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi hamda ishchi guruhning vazifalari bunday ishlar sifati va tezkorligi darajasini ko‘tarish va rivojlantirishning samarador tizimini yaratish, asosiy yo‘nalishlarni aniq muvofiqlashtirishdir.
Bugun kompaniya oldida 2017-2020 yillardagi ishlarning zaruriy resurslar bilan ta'minlanishi va moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash masalasi turibdi.

2015 yilda bunday ishlar soni 3tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 6taga yetadi. Ta'mirlash ishlarining umumiy uzunligi yiliga 50 kunni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, 2015 yilgi rejali ta'mir ishlariga 250 kishi jalb qilingan bo‘lsa, 2020 yilda personal miqdori 1 400 kishini tashkil etadi.

Top