19:50 / 09.12.2015
8525

AP: IShID o‘z “shahid”larining halokati haqida ularning oilasiga SMS yo‘llash bilan ma'lum qiladi

Parijning “Bataklan” konsert zaliga hujum uyushtirgan terrorchi haqida uning onasiga yo‘llangan SMS-xabarnoma orqali ma'lumot olingan, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Noyabr oyi oxirida ushbu terrorchi — Fued Moamed-Aggadning onasiga o‘g‘li “shahid” bo‘lgani haqida SMS yuboriladi.

Associated Press nashrining ma'lum qilishicha, halok bo‘lgan tarafdorlari haqida bu usulda ma'lum qilish IShID uchun odatiy yo‘ldir.

Avvalroq “Bataklan”ga hujum qilingan sakkiz terrorchidan uchtasini aniqlash imkoni bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.

Top