10:53 / 09.12.2015
2895

Avstraliya bosh vaziri teraktlarda barcha musulmonlarni ayblamaslikka chaqirdi

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull “islom ichki inqilobni o‘tkazishi lozim”, deb hisoblaydigan mamlakat hukumatining sobiq rahbari Toni Abbottning fikriga nisbatan o‘z e'tirozini bildirdi.

“Hamma madaniyatlarni ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi va haqiqatni aytganda, inson qadr-qimmati va sabr-bardoshni himoya qiladigan madaniyat (g‘arb) Xudoning nomi bilan boshqa odamlarni o‘ldirishga imkon beridgan madaniyat(islom)dan afzalroq”, - degan edi Abbott Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning fikricha, yaqindagina dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y bergan teraktlardan so‘ng “jamiyat islomda ulkan muammolar mavjudligini inkor etmasligi kerak”.
“Unda (Toni Abbottda) o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish huquqi mavjud, - dedi Ternbull sobiq bosh vazirning mulohazalariga izoh berishni so‘ragan AVS telekanali muxbiri savoliga javob berar ekan.

– Men ularga izoh berishni istamayman, faqatgina bir narsani aytaman – biz hech qachon dushmanlarimiz qo‘lida o‘yinchoq bo‘lmasligimiz va ozchilik jinoyati uchun barcha musulmonlarni aybdor qilmasligimiz kerak. Ko‘plab musulmonlar teraktlarga bizdan kam g‘azabga kelishmadi”.

Top