23:11 / 09.12.2015
4610

Dovudo‘g‘lu: Iroqqa qo‘shinlar olib kirilishi – tajovuz emas, balki qo‘llab-quvvatlash harakatidir

Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘lu turk qo‘shinlarining Iroqqa olib kirilishini tajovuz emas, balki qo‘llab-quvvatlash harakatidir, deb aytdi.

Dovudo‘g‘luning aytishicha, Iroqdagi turk harbiy instruktorlariga IShID jangarilari xavf solgan. “Bu xavf oshganda, biz qo‘shinlarimizni bu lagerni qo‘riqlash uchun yubordik, bu tajovuz emas, balki qo‘llab-quvvatlash harakati bo‘ldi”, deb Dovudo‘g‘luning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi Reuters axborot agentligi.

Iroq hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, 4 dekabrda turk tank bataloni Iroqning Naynavo viloyatiga jangarilar bilan kurashayotgan kurd xalq otryadlari jangchilarini tayyorlash vaji bilan kirdi. Iroq tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari turk harbiylarining Iroqqa kirishini mamlakat hukumati bilan kelishilmagan “dushmanlik harakati” deb atadi.

O‘z navbatida Turkiya Iroqqa qo‘shinlarning yuborilishini Naynavo viloyatidagi mashg‘ulot lagerlarida xalq ko‘ngilli jangchilarini o‘qitayotgan turk harbiy instruktorlarini qo‘riqlash zarurati bilan tushuntirmoqda.

Top