22:07 / 09.12.2015
2922

Yevropa Ittifoqi kompaniyalarida malaka oshirish dasturiga arizalar qabul qilinishi davom etmoqda

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Boshqaruv kardrlarni tayyorlash dasturi (MTP) –O‘zbekistonda kichik biznes korxonalari rahbarlarining salohiyatini oshirish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi korxonalarida O‘zbekistondagi kichik biznes korxonalari menejyerlari malakasini oshirish uchun arizalar qabul qilishini e'lon qiladi. Malaka oshirish Yevropa Ittifoqining 28 mamlakatidagi korxonalarda amalga oshirilib, ular o‘zaro kelishuv asosida ishtirokchilar yoki loyiha tomonidan tanlanishi mumkin.

Boshqaruv kadrlarni tayyorlash dasturi loyihasining asosiy maqsadi O‘zbekistonda kichik biznesni samarali boshqarish va uning uzoq kelajakdagi barqaror rivojlanishini ta'minlashga qodir malakali va salohiyatli tadbirkor hamda menejyerlar sonini ko‘paytirishdir. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik menejyerlarning boshqaruv ko‘nikmasini oshirish, ularni biznesni boshqarish va yuritishning zamonaviy usullariga o‘qitish, Yevropa Ittifoqi va mamlakatimiz kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.

Loyiha trening va malaka oshirishlarda ishtirok etish tanlangan ishtirokchilar uchun bepul amalga oshiriladi. Transport bilan bog‘liq barcha xarajatlar (aviachipta uchun 400 yevro miqdoridagi shaxsiy to‘lovdan tashqari), Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida joylashtirish, vizalar, sug‘urta loyiha mablag‘lari evaziga qoplanadi.

Barcha talablarga javob beradigan kichik biznes korxonalari va ularning rahbarlari (menejyerlari) malaka oshirish uchun ariza topshirish huquqiga ega.

Nomzodlar o‘z arizasida malaka oshirish safarida ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsadni hamda bu uning va korxonasi rivojiga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishini aniq qayd etishi lozim.

Kichik biznes korxonalari va ularning rahbarlari (menejyerlari) uchun talablar va kerakli hujjatlar hamda yangiliklar loyihaning veb-sahifasi (www.mtpeu.uz) hamda Facebook sahifasida (https://www.facebook.com/mtpeu) batafsil ko‘rsatilgan.

Nomzodlarning arizalari 2015 yilning 17 dekabrigacha qabul qilinadi. Arizaning onlayn shakli loyihaning veb-sahifasida joylashtirilgan.

Izoh: tanlov jarayoni gender tengligi masalasini hisobga olgan holda kamida 20 foiz ayol nomzodlarni tanlab olishni ko‘zda tutadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:
Grigorios Kontzoglu, BKTD (MTP) loyihasi boshlig‘i

Manzil: Toshkent shahri, 100047,
Amir Temur ko‘chasi, 4-uy.
Telefon: (998 71) 233 5901.
Faks: (998 71) 233 6406.
E-mail: mtp@.mtpeu.uz
Veb-sahifa: www.mtpeu.uz

Top