11:30 / 09.12.2015
2226

OAV: Hindiston va Yaponiya atom energetikasi masalasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi

Hindiston va Yaponiya hukumatlari atom energetikasi sohasida, jumladan, AESlar qurish borasida ikki tomon hamkorligini ifoda etuvchi hujjatlar imzolashdi. Bu borada ikki tomonlama muzokara 12 dekabrda Dehlida o‘tkaziladigan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvida kelishib olinadi. Bu haqda Mainichi gazetasi ma'lum qilmoqda.

Kelishilgan shartnoma Hindistonda yapon texnologiyalari yordamida AES qurish yo‘llarini ochib beradi. Tokio bunga katta qiziqish bildirgan. Bunday inshootlarning ishlash jarayoni esa atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan nazorat qilib boriladi.

Top