08:43 / 09.12.2015
4757

Putin Mutkoning tug‘ilgan kuniga ingliz tilini o‘rganish uchun o‘quv qo‘llanmasi sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida o‘tkazilgan majlis vaqtida Rossiya Sport ishlari vaziri hamda Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti hisoblanadigan Vitaliy Mutkoga ingliz tilini o‘rganish uchun qo‘llanma sovg‘a qildi.

Ushbu majlis 8 dekabr kuni Mutko 57 yoshga to‘lgan kunda bo‘lib o‘tdi va bu uchrashuv "Rossiya 24" telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Bundan oldinroq, Rossiya terma jamoasi sardori, "Spartak" jamoasi a'zosi Roman Shirokov vazirni ingliz tilida tabriklagandi.

Top