08:27 / 09.12.2015
3584

Ronaldu «Real»ning 1965 yildan beri yevrokuboklarda pokerga erishgan ilk o‘yinchisi bo‘ldi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL 6-turi doirasida «Malmyo»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (8:0) to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu orqali, 30 yoshli futbolchi 1965 yildan beri yevrokuboklarda pokerga erishgan "Real"ning birinchi o‘yinchisiga aylandi. O‘shanda Ferents Pushkash «Feyyenoord» darvozasiga shuncha gol urgandi.

«Malmyo»ga qarshi o‘yinda madridliklarning yana bir hujumchisi Karim Benzema xet-trikka erishgan. Unga golli uzatmalardan birini Ronaldu uzatgan.

Top