08:55 / 09.12.2015
7993

Rossiya AQSh va Isroilni O‘rtayer dengizida IShIDga zarba berishi to‘g‘risida ogohlantirdi

Rossiya AQSh va Isroilni O‘rtayer dengizida “Rostov na Donu” suvosti kemasi yordamida IShIDga zarba berishi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lumotiga asosan, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Biz AQShlik va isroillik hamkasblarimizni bugungi bo‘ladigan ushbu zarbalardan ogohlantirdik”, — dedi Shoygu.

Avvalroq “Rostov na Donu” suvosti kemasi yordamida Suriyaning Rakka shahridagi IShIDning eng yirik ikkita marrasi yo‘q qilingani haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu xabar bergan edi.

Top