19:23 / 09.12.2015
3896

Tolibonlarning Qandahor aeroportiga hujumi qurbonlari soni 37 nafarga yetdi

“Tolibon” jangarilarining Afg‘onistondagi Qandahor shahri aeroportiga uyushtirgan hujumi natijasida hayotdan ko‘z yumganlar soni 37 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Reuters. Vafot etganlar orasida harbiylar ham, tinch aholi vakillari ham bor.

Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘n nafar tolib avvaliga aeroportning yaxshi himoyalangan qismiga hujum uyushtirishdi. Shundan so‘ng ular uning hududiga o‘rnashib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular aeroport kompleksi binosida joylashgan maktab va harbiy bazani egallashdi. Mamlakat mudofaa vazirligi bayonotida keltirilishicha, barcha jangari yo‘q qilingan.

Mazkur bosqinchilik sanasi O‘rta Osiyo xavfsizligi bo‘yicha mintaqaviy konferensiya boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Unda afg‘on yetakchisi Ashraf G‘ani dunyo hamjamiyatidan terrorchilarga qarshi kurashda ko‘mak so‘radi.

Top