10:11 / 09.12.2015
25798

Toshkentda qimmatbaho avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

8 dekabr kuni Toshkent shahri markazida qimmatbaho Porshe Panamera avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari ma'lum qilishdi.

E'lon qilingan fotosurat va video lavhalardan ko‘rish mumkinki, oq rangdagi avtomobil Toshkent Moliya instituti bosh binosi oldida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Ayrim taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, avariyaga yo‘p qoplamasining sirpanchiqligi sabab bo‘lgan.

“Voditeli Tashkenta” a'zolari joylashtirilgan video lavhaga izoh berar ekan, avtomobil Porshe Panamera`ning eski modeli bo‘lib, uning narxi o‘rtacha 80-100 ming AQSh dollari ekanini aytib o‘tishgan.

 

10 minut nazad na A.Timura ( ts-5 ) porshe panamera

Posted by Davron Akhmedkhodjaev on Seshanba, 8 Dekabr 2015
Top