17:30 / 09.12.2015
3957

Xodorkovskiy: Siyosat bilan shug‘ullanish menga yoqmaydi

Rossiyalik muxolif siyosatchi, YuKOS neft kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy unga qo‘yilgan yangi ayblovlar yuzasidan matbuot anjumani berdi.

U o‘z chiqishi davomida siyosat bilan shug‘ullanish o‘ziga hech qachon yoqmagani, lekin shunga majbur bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

Unga savol bergan jurnalist, undan siyosiy faoliyatni tark etishi Rossiya hukumatiga bergan va'dasi bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligiga qiziqqan.

"Qamoqdaligimda Putinga xat yozganim rost. Xatimda men bundan keyin siyosat bilan shug‘ullanmoqchi emasligimni ham bayon qilganman", deydi Xodorkovskiy.

Xodorkovskiyning aytishicha, 2014 yilda qamoq muddati yakunlanganida keyin Rossiya hukumati oldida hech qanaqa majburiyati qolmaganini bildirgan.

Uning chiqishi YouTube’da “Otkrytaya Rossiya” kanali tomonidan olib borilmoqda.

Biroz oldinroq, u o‘z chiqishida Rossiya yaqin vaqt ichida inqilob bilan to‘qnashishdan qochib qutula olmasligini aytgandi.

Mixail Xodorkovskiyga nisbatan Nefteyugansk meri Vladimir Petuxovning qotillik ishi yuzasidan sirtdan ayblov e'lon qilingan.

Petuxov 1998 yilning 26 iyunida Xodorkovskiyning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan edi. 2005 yilda ushbu qotillik ishi bo‘yicha YuKOS neft kompaniyasi xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksey Pichuginga nisbatan ayblov e'lon qilinib, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.

Top