09:34 / 10.12.2015
3370

AQSh harbiy-havo kuchlarida mashg‘ulot o‘tayotgan ikki afg‘onistonlik yo‘qolib qoldi

AQShning harbiy-havo kuchlari bazasida mashg‘ulot o‘tkazayotgan ikki nafar afg‘onistonlik izsiz g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Valdost shahri (Jorjiya shtati)da yaqin joylashgan Mudi bazasi vakillari xabar qilmoqda.

Berilgan bayonotda ma'lum qilinishicha, Afg‘onistondan aviatsiya mashg‘ulotlarini o‘tash uchun AQShga kelgan ikki erkak mashg‘uotlarga o‘z vaqtida kelmagan. Ayni damda ularni huquq-tartibot idoralari xodimlari izlamoqda.

Ular AQShga joriy yilning fevral oyida kelishgan edi. Erkaklar afg‘on qurolli kuchlari tarkibida xizmat qiladimi yoki fuqaro mutaxassislarimi, aniqlik kiritilmagan.
Valdost politsiyasi shefi Brayan Chidressning ma'lum qilishicha, ularning jamiyat uchun hech qanday xavfi yo‘q.

Top