21:12 / 10.12.2015
6837

Benzema Fransiya terma jamoasidan chetlatildi

"Real" jamoasi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Euro-2016 turnirida ishtirok eta olmasligi ayonlashdi. U "Valbuena ishi" doirasida terma jamoadan chetlatildi. Bu haqda shu masala yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Fransiya Futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre ma'lum qilgan.

"Hozircha vaziyat o‘zgarmagan. Benzema terma jamoa safiga chaqirilishi mumkin emas", degan prezident.

Le Grening qayd etishicha, bu qaror haqida terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham ham ogohlantirildi.

"U mendan xafa", deya qo‘shimcha qiladi Le Gre.

U hujumchi "Valbuena ishi" bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilinmaguniga qadar terma jamoadan chetda qolishi haqida aytib o‘tgan.

Shu tariqa, Benzema Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati va turnir arafasidagi yig‘inlarga chaqirilmaydi. Terma jamoa 25 mart kuni Gollandiya termasiga qarshi, 29 mart kuni esa Rossiya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Uning Euro-2016 turnirini o‘tkazib yuborishi ehtimoli katta.

Eslatib o‘tamiz, Benzemani Fransiya terma jamoasidan chetlatish kerakligi haqida mamlakat bosh vaziri ham aytib o‘tgandi.

Benzema o‘zining terma jamoadagi sherigi Matyo Valbuenaning shaxsiy videoroliklarni jinoyatchi guruhlarlarga - pul unirish uchun berib yuborishda gumon qilinmoqda.

Top