17:28 / 10.12.2015
5236

Diyego Kosta: Mourinoga mashg‘ulot kiyimimni otib, katta xato qildim

Angliyaning «Chelsi» klubi hujumchisi Diyego Kosta Yevropa chempionlar Ligasining «Portu»ga (2:0) qarshi uchrashuvidan keyin bergan intervyusi chog‘ida mavsumni yomon boshlaganini tan olib o‘tdi.

«O‘yinimni yanada kuchaytirishim kerak bo‘ladi. Mavsum boshi men uchun og‘ir kechdi. Yevro-2016da Ispaniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etish uchun yaxshiroq formada bo‘lishim kerak. Buning uchun tinmasdan harakat qilishim talab etiladi. O‘zim uchun nima kerak ekanini yaxshi bilaman», deya Kostaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Onda Cero nashri.

«Mourinoga mashg‘ulot kiyimini otgan vaziyatim? Buning barchasi o‘tmishda qoldi. Men o‘shanda xatoga yo‘l qo‘ygandim. Ammo Mourino bilan o‘rtamizda ajoyib munosabatlar mavjud. Ehtirosga berilgan paytda o‘zimizni bosib olsak, kifoya».

«Kasilyasning noroziligi? Ha, u yerda vahimali hech narsa bo‘lgani yo‘q. Biz u bilan bitta-ikkita hazillar almashdik. Terma jamoa sardori bilan o‘rtamizda qanday muammo bo‘lishi mumkin?» deya so‘zini yakunlagan Kosta.

Top