07:13 / 10.12.2015
3432

YeChL, "F" guruhi: "Arsenal" safarda "Olimpiakos"ni yengib, keyingi bosqichga o‘tdi

9 dekabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi doirasida yana 4ta guruhda 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bu guruhdan o‘rin olgan "Olimpiakos" hamda "Arsenal” klublari o‘rtasida hayot-mamot uchrashuvi o‘tkazildi.

6 turga kelib, "Arsenal"da 6, "Olimpiakos"da 9 ochko mavjud edi. "Arsenal" guruhda ikkinchi o‘rinni egallashi uchun raqibni kamida 2ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi talab qilinardi. O‘yinda 0:3 hisobi qayd etildi va londonliklar pley-offda o‘ynaydigan bo‘ldi. Olive Jiru jamoasining uch goliga ham mualliflik qilgan holda uchrashuv qahramoniga aylandi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Bavariya" safarda Xorvatiyaning "Dinamo" jamoasini yengdi va 15 ochko to‘plagan holda guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

"Olimpiakos" esa Yevropa Ligasiga yo‘l oladi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 6-tur
"F" guruhi
Olimpiakos – Arsenal 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 29 Jiru, 0:2 – 49 Jiru, 0:3 – 67, penalti Jiru.
Olimpiakos – Roberto, Siovas, da Koshta, Masuaku, Elabdellaui, Fortunis, Milivoyevich, Seba (Ernani, 77), Kasami (Dominges, 72), Pardo (Finnbogason, 86), Ideyye.
Arsenal – Chex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Koselni, Ozil, Remzi, Uolkott (Gibbs, 72), Flamini, Kempbell (Oksleyd-Chemberlen, 90), Jiru (Chembers, 90).
Ogohlantirishlar: Fortunis (9), Remzi (18), Jiru (63), Elabdellaui (66).

Dinamo Zagreb – Bavariya - 0:2
Gollar: Robert Levandovski (61, 64)
Dinamo Zagreb – Eduardu, Sigali, Pivarich, Pintu, Taravel, Antolich, Rog, Sudani, Chorich, Fernandes, Gonsalu Santush.
Bavariya – Ulrayx, Lam, Benatiya, Rafinya, Rode, Martines, Riberi, Kimmix, Grin, Xabi Alonso, Levandovski.

Top