21:15 / 10.12.2015
15631

IShIDga qarshi jang qilayotgan xitoylik OAVga intervyu berganidan afsuslanmoqda

IShID jangarilariga qarshi jang qilayotgan xitoylik OAVlarga intervyu berganidan afsuslanmoqda, deb aytmoqda The South China Morning Post nashri. Xitoylik uning taniqligi yurtdoshlari hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

“Menimcha, men ahmoqona ish qildim. OAVlarga o‘zim haqimda reportaj qilishga ruxsat bermaslik kerak edi. Mening hayotim yoki o‘limim ahamiyatsiz, biroq IShID ham ularning maqolalarini kuzatib boradi, mening yurtdoshlarim orasida esa Iroq va Yaqin Sharqning boshqa davlatlarida ko‘plab tadbirkorlar bor”, deb xitoylikning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postidan iqtibos keltirmoqda nashr. “Men deb kimdandir o‘ch olishlarini, men deb begunoh odamlar aziyat chekishlarini istamayman”, deb o‘z so‘zlarini yakunlamoqda xitoylik.

Xitoyning Sichuan viloyatidan chiqqan 25 yoshli Pan ismli yigit Suriyaga oktabrda kelib, IShIDga qarshi kurashish uchun xalq mudofaasi kurd otryadlari safiga qo‘shilgan.

Uning jangovor muvaffaqiyatlari haqida o‘tgan haftada OAVlardan birida ma'lum qilingandi. U o‘z intervyusida Kobani shahri uchun kurashganini aytgan. Kurdlar bu shaharni yanvar oyida uzoq davom etgan janglardan keyin jangarilar qo‘lidan qaytib olishgan.

OAVlarning ta'kidlashicha, Pan oilasi uning taqdiridan endigina xabardor bo‘ldi. Yigitning yaqinlari uni vataniga qaytishga undashmoqda. Biroq xitoylik uyiga qaytishni istamayapti va yaqinlarini o‘zining xavfsizligini ta'minlashga va'da berdi.

Top