16:39 / 10.12.2015
3185

Netanyaxuning iti ikki mehmonini tishlab oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning iti mamlakat siyosiy elitasining ikki vakilini tishlab oldi. Har ikki jabrlangan ham 9 dekabr kuni bosh vazirning Quddusdagi qarorgohiga bayram munosabati bilan sham yoqish marosimiga taklif etilgan edi, deya xabar bermoqda The Times of Israel.

Kayya laqabli jonivor avvallari tajovuzkorligi bilan ajralib turmagan edi. Biroq Kneset (Isroil parlamenti) a'zosi — Sharon Xaskel va advokat Ora Alonaga tashlandi.
Kuchuk u bilan o‘ynamoqchi bo‘lgan deputat va advokatning qo‘lidan tishlab olgan. Jabrlanganlarga rezidensiyada navbatchilik qilayotgan shifokorlar tez tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Jarohat olganlar marosimni tark etishmagan.

Netanyaxu oilasi o‘n yoshli Kayyani 2015 yil iyul oyida boqib olishgan edi. Bosh vazirning o‘g‘li Avner uni yopilishi kutilayotgan jonivorlar uchun boshpanadan tanlab olgan.

Top