00:04 / 10.12.2015
14266

OAV: Turkiya qiruvchi samolyotlari Iroqning chegara hududiga zarba berdi

Turkiya qiruvchi samolyotlari Iroq havo hududini buzib, mamlakatning chegara hududlariga zarba berdi. Bu haqda Fars agentligi ma'lum qilgan.

"Turkiya qiruvchi samolyotlari 9 dekabr kuni Iroq havo hududini buzib o‘tdi va chegarada joylashgan Daxuk viloyatining al Imadiya tumani hududiga aviazarbalar berdi, - deyiladi ma'lumotda. – Guvohlarning aytishicha, yarim soat davom etgan aviazarbalar Deyrluk va Shilaji tumanlaridagi Kurdiston ishchi partiyasining marralariga yo‘llangan”.

Bundan tashqari, agentlikning xabar berishicha, turk qiruvchi samolyotlari 8 dekabr tunda Iroq Kurdistonining Kandil tumanidagi Kurdiston ishchi partiyasining marralariga aviahujumlar qilgan.

Top