10:09 / 10.12.2015
4344

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bir qator reyslarda maxsus tariflar joriy qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Kuala-Lumpur, Sharja, Dubay, Singapur va Bangkok shaharlariga amalga oshiriliadigan parvozlarda yangi reklama tariflari joriy etdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunday tariflar bo‘yicha chiptalar 2016 yilning 10 yanvaridan 29 fevraligacha sotiladi.

Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent – 735 yevro;

Toshkent – Bangkok – Tashkent – 770 yevro;

Toshkent – Singapur – Toshkent – 813 yevro;

Toshkent – Sharja – Toshkent – 741 yevro;

Toshkent – Dubay – Toshkent – 786 yevro.

Narxlar barcha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Chiptalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Top