11:57 / 10.12.2015
6245

Sardor Rahimxonning «Sanamjon»i Shohjahonning «Farishtaginam»i bilan egizakmi?

«Instagram» tarmog‘ida paydo bo‘lgan fikrlarning barchasi ham haqiqat bo‘lavermaydi-ku, ammo iste'dodli xonanda Shohjahon Jo‘rayevning bir necha yil ilgari aytilgan va ommalashgan «Farishtaginam» qo‘shig‘i musiqasidan olingan nusxa borasida Ahliddin ismli muxlis bildirgan e'tiroz e'tiborni tortmoqda.

Zukko tinglovchi xonandaga yo‘llagan kommentida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon yaqinda kuylagan «Sanamjon» qo‘shig‘ining musiqasi «Farishtaginam»ning musiqasiga o‘xshashi haqida fikr bildirgan (rasmga qarang).

To‘g‘ri, qo‘shiqlarning bir-biriga o‘xshab qolishi bilan bog‘liq voqeaga birinchi marta duch kelayotganimiz yo‘q. Biroq xonandalarimiz sal oldin chet el qo‘shiqlaridan «foydalanardi» va o‘shanda ham topqir muxlislar kim kimdan nusxa ko‘chirganini darhol payqardi. Buni qarangki, endi chetga chiqishdan ko‘ra, o‘zimiznikidan olish urfga kirayapti. Demak, bizning qo‘shiqlar ham tobora «eksportbop» bo‘lib borayapti...

Darvoqe, bir-ikki yil oldin «Yodingdamu?» deya kuylab, shuhrat qozongan Masrur Usmonov ham aslida ustoz hofiz Sherali Jo‘rayevning «Quyosh o‘lkasi» qo‘shig‘ini (solasidan tortib, to ijro yo‘ligacha) o‘zlashtirib olib, «Bo‘lishi mumkin emas, buni o‘zim yaratdim» degan mazmunda gapirgan edi. Ko‘ramiz, Sardor Rahimxon zukko muxlis e'tiroziga qanday fikr bildirarkin.

Yana bir qiziq holat. Aslida o‘zlari mutlaqo birovning qo‘shig‘ini aytganini o‘zlari qatori hamma bilib tursa-da, yana bir-biri bilan “Men birinchi aytganman. Nega sen ham kuylading?” deya talashayotganlar paydo bo‘lgan damda o‘z qo‘shig‘ini birov o‘zlashtirib olsa-da, bir og‘iz e'tiroz bildirmayotgan xonandalar ham bor ekan...

Shohjahon Jo‘rayev - Farishtaginam

Sardor Rahimxon - Sanamjon


Top