13:34 / 10.12.2015
4389

Sirdaryoda ikki tojikistonlik baliqchi cho‘kib ketdi

So‘g‘d viloyatining Asht tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli Abduvali Yo‘ldoshev va Oxunjon Ergashevlar 9 dekabr kuni Sirdaryoda baliq tutish bilan mashg‘ulliklari paytida cho‘kib ketishdi. Bu haqda Tojikistonning onlayn nashrlari xabar bermoqda.

IIV taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, kuchli shamol ko‘tarilib, baliqchilarning rezinali qayig‘ini ag‘darib yuborgan.
A. Yo‘ldoshevning tanasi topilib, qarindoshlariga berib yuborilgan, O. Ergashevning tanasi qidirilmoqda.

Top