22:34 / 10.12.2015
2749

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari IShID teraktlarida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

2015 yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari bo‘lmish Tunis “kvarteti”ga kiruvchi to‘rt tashkilot so‘nggi oylarda IShID terrorchilik tashkiloti tomonidan uyushtirilgan teraktlarda halok bo‘lganlarning oila a'zolariga o‘z hamdardligini bildirdi.

"O‘z navbatida shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, ushbu tarixiy daqiqalardagi g‘urur va iftixor tuyg‘ulari so‘nggi paytlarda dunyoning turli chekkalarida sodir bo‘layotgan noxushliklarning achinish va g‘azab tuyg‘ularini bosa olmaydi, - dedi o‘z nutqida “kvartet”ga a'zo tashkilotlar rahbari. – Bir necha kunlar muqaddam Tunisda, undan oldin esa Susda, Bardo muzeyida, Bayrutda, Parijda, Sharm-ash-Sheyxda va Bamakoda vahshiy va jirkanch teraktlar sodir bo‘ldi. Ularda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Hamdardlik ana shu vahshiyliklarda halok bo‘lganlarning yaqinlari qalbidagi og‘ir his-tuyg‘ular olovini o‘chirishga ojizlik qiladi”.

Top