13:50 / 10.12.2015
3566

UYeFA “Spartak” muxlislari tomonidan Turkiya bayrog‘i yoqib yuborilishi bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqmaydi

UYeFA “Spartak” jamoasi muxlislari tomonidan Rossiya chempionatining 18-turi doirasida o‘tkazilgan “Krylya Sovetov”ga qarshi bahs (1:0) chog‘ida Turkiya bayrog‘i yoqib yuborilishi bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqmaydi.

“UYeFA o‘z bayroqlari ostida o‘tayotgan o‘yinlar bo‘yicha axloqiy ishlarni ko‘rib chiqadi, shu bois bo‘lib o‘tgan voqeani milliy federatsiya ko‘rib chiqishi lozim”, - dedi tashkilot vakillari “R-Sport” bilan suhbatda.
O‘z navbatida, milliy federatsiya “Spartak”ni jazolab, 100 ming rubl miqdoridagi jarimaning to‘lanishini belgiladi.

Top