16:29 / 10.12.2015
4696

Utkin "Bayyer" va "Barselona" o‘yini sharhi vaqtida qilgan xatolari sabablarini aytdi

Rossiyalik taniqli sharhlovchi Vasiliy Utkin Yevropa chempionlar ligasining 6- turidan o‘rin olgan «Bayyer» – «Barselona» jamoalari uchrashuvi paytida uxlab qolgani uchun uzr so‘ragandi.

Qiziq tomoni, jurnalist uchrashuv davomida futbolchilarning familiyalarini, jamoalar nomlarini chalkashtirib yuborgan. Masalan Xilbertni Shatov deb atagan, Ter Shtegenni esa – TsSKA darvozaboni. Shuningdek u «Barselona»ni «Zenit» deb yuborgan. Bundan tashqari, o‘yin vaqtida jamoalar o‘rniga «Spartak» va «Rostov» jamoalarini eslab o‘tgan.

Utkin mazkur xatolarini uchun uzr so‘rab, unda so‘nggi vaqtlarda uyqu bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini va uch kundan buyon uxlay olmaganini aytgan.

«Men rostan ham uyqu xronikasini buzganman. Agar sizga ustimdan kulish yoqsa, marhamat kulishingiz mumkin. Taxminan bir yilda bir marta men bunday imkoniyatni sizga taqdim etaman».

«Masalan oxirgi uch kun davomida uxlaganim yo‘q. Kimdir yordam bera oladimi? Shunday kasallik bor ekan. Aytishlaricha, yilda ikki-uch marta uchrab turarkan», deya o‘z tvitterida izoh yozib qoldirgan Utkin.

Top