10:26 / 10.12.2015
4104

Xitoy markaziy banki yuan kursini 2011 yil avgustida qayd etilgan minimumdan pastroqqa tushirdi

Xitoy Xalq banki milliy valyuta kursini dollarga nisbatan 6.4236 birlikka tushirdi. Bu 2011 yil 10 avgustidan buyon eng past ko‘rsatkichdir.
Shu yilning 11 avgustida bank valyuta kursini hisoblash metodikasini optimalllashtirish haqida qaror qabul qildi.

Shundan so‘ng yuan uch kun ichida dollarga nisbatan 4.6 foizga devalvatsiya qilindi. Keyin esa XXR valyutasi mustahkamlanib, 2 noyabrda 3 yillik maksimumni qayd qildi (6.3154 yuan/1 dollar). Ammo keyinchalik yuan kursi yana tusha boshladi.

Top