11:15 / 10.12.2015
3019

"Zenit" YeChLning guruh bosqichi yakuniga ko‘ra kamida 25 mln yevro ishlab oldi

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasi turnirining guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra kamida 25 mln yevro daromad qilgan. Bu haqda ochiq ma'lumotlarga asosan xabar qilingan.

"Zenit" N guruhida 6ta o‘yindan 15 ochko jamg‘ardi va birinchi o‘rinni egalladi. Guruhdagi har bir g‘alabali o‘yin "Zenit" g‘aznasiga 1,5 mln yevrodan olib kelgan (5*1,5=7,5 mln yevro). Shuningdek, jamoa ishtirok uchun 12 mln yevro oladi. Guruhdan chiqqanlik uchun yana 5,5 mln yevro beriladi va jamoaning o‘yinlar o‘tkazish orqali oladigan daromadi 25 mln yevroni tashkil qiladi (7,5+12+5,5=25).

Agar "Zenit" keyingi bosqichdagi 2 o‘yindan muvaffaqiyatli o‘tib, chorak finalga yo‘l olsa, UYeFAdan yana 6 mln yevro oladi.

Nimchorak final bosqichi juftliklarini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi 14 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida o‘tkaziladi.

Top