00:18 / 11.12.2015
3010

“Everton” o‘yinchisi uysizlar uchun ofitsiantlik qildi

Angliyaning “Everton” jamoasi va Shotlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Stiven Neysmit shaxsan o‘zi kambag‘allar uchun bayram dasturxoni tuzdi.

Yarim himoyachi uysizlar uchun ofitsiantlik qildi. U Glazgoda o‘tkazilgan xayriya markazining aksiyasida ishtirok etdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Neysmit nafaqat uysizlarning taomlanishi uchun pul to‘ladi, balki ularga Yangi yil bayrami uchun alohida dasturxon tuzadi.

Futbolchi 2015 yilning avgust oyida Liverpuldagi ishsizlarga yordam bergan edi.

Top