10:34 / 11.12.2015
3985

AQShdagi musulmonlar islomofobiyaning yangi to‘lqinidan xavotirda

Amerikalik musulmonlar islomofobiyaning yangi to‘lqinidan xavotirda ekanini aytishmoqda. So‘ngi vaqtlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar sabab islom olami turli qarama-qarshiliklarga to‘qnash kelmoqda, deb xabar bermoqda Muxlis.uz portali.
«Kecha, sodir bo‘lgan otishmani televizor orqali ko‘rsatishganida, men trenajyor zalida edim. O‘sha ondayoq xayolimga bir fikr keldi—Ey Allohim, ishqilib, ular Yaqin Sharqliklar bo‘lmasin-da”,—deydi 32 yoshli musulmon Detroytlik Adam Hoshim Kaliforniyada sodir bo‘lgan 14 nafar odam halok bo‘lgan otishma haqida gapirib.
«Barcha madaniyat va dinlarda ham chirkin fikrlilarni uchratish mumkin. Bizda ham ana shunday holat. Ular din niqobi ostida musulmonlarni yomonotliqqa chiqarmoqda»,– deydi taassuf bilan 25 yoshli Dovud Dovud.
Albatta, hech shubhasiz, islom o‘z mohiyati bilan tinchlik va ezgulik dini. Uning nomidan buzg‘unchilik va g‘arazli ishlarini amalga oshirayotganlar, albatta o‘z jazosini oladi, deydi musulmonlar.

Top