12:05 / 11.12.2015
5364

AQShning NATO uchun mo‘ljallangan raketaga qarshi mudofaa tizimi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

AQSh NATO uchun mo‘ljallangan raketaga qarshi mudofaa tizimi doirasida SM-3 raketa-tutuvchisini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida Pentagon qoshidagi Raketaga qarshi mudofaa agentligi (RQMA) ma'lum qilgan.

RQMA Tinch okeanidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari va Yevropa qo‘mondonligidagi AQSh harbiy kuchlari bilan hamkorlikda “SM-3 dan foydalangan holda raketa tutish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirgan”, deyiladi ma'lumotda.

RQMA da ma'lum qilishlaricha, sinov vaqtida Amerikaning harbiy-transport samolyoti S-17 o‘quv ballistik raketalaridan birini ishga solgan. Radarlarda aniqlangan nishon Gavayi orollaridan biri bo‘lmish Kauaida joylashgan Aegis tizimidan uchirilgan SM-3 tomonidan yo‘q qilingan.

Top