12:20 / 11.12.2015
3794

Ekspertlar: 2014 yilda ekologik toza energiya manbalari uchun dunyoda $270 mlrd investitsiya qilindi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga joriy etish ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Dunyoda mazkur sohaga kiritilgan sarmoyalar hajmi 2014 yilda 270 milliard dollarni tashkil etdi. Bu raqam 2004 yildagiga qaraganda 45 mlrd dollar ko‘proq demakdir.

mazkur ma'lumotlar 10 dekabr kuni AQShning Qayti tiklanuvchi energiya manbalari milliy laboratoriyasi (NREL) vakillari tomonidan jurnalistlarga taqdim etildi.
AQSh Energetika vazirligining laboratoriyalar dasturlari bo‘yicha kuratori Deniyel Bilelloning qayd etishicha, mazkur mablag‘larning 139 milliardi rivojlangan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, 131 millardi rivojlanmagan davlatlar tomonidan sarflangan.

“Avvallari hukumatlar mazkur yo‘nalishga uncha jiddiy ahamiyat qaratmas edi. Biroq so‘nggi uch yilda hukumat (AQSh) ushbu sohaga katta e'tibor qaratmoqda”, - dedi Bilello.
Mutaxassislar vodorod bilan harakatlanuvchi avtomobillar, xonadonlarni yoritishda “aqlli” pardalar, umuman, energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalar to‘g‘risida zarur ma'lumotlarni berib o‘tishdi.

Top