21:34 / 11.12.2015
18615

Islom Karimov Ashxobodga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11 dekabr kuni Ashxobod shahriga keldi. Bu haqda UzA muxbiri xabar qilgan.

Islom Karimov tashrif doirasida BMT Bosh assambleyasi tomonidan Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktabr kuni Turkmaniston prezidenti Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgandi.

Top