21:40 / 11.12.2015
7527

Jaguar 550 ot kuchiga ega sedan va “reaktiv odam” poygasini uyushtirdi

Jaguar kompaniyasi XJR sedani va reaktiv qanotli xaltaga ega odam o‘rtasida poyga tashkil etdi. Musobaqa tasvirlangan videorolik ishlab chiqaruvchining YouTube-kanaliga joylashtirildi.

“Yaguar”ni sobiq Formula-1 haydovchisi Martin Brandl boshqargan bo‘lsa, uzunligi ikki metrga teng qanot o‘rnatilgan karbonli reaktiv xaltada “reaktiv odam” nomi bilan mashhur shveysariyalik uchuvchi Iv Rossi bo‘ldi. Musobaqa Dubay cho‘lidagi 2,81 kilometrli yo‘lda bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv vaqtida Brandl “Yaguar”ni avtomobilning eng yuqori - soatiga 280 kilometr tezligigacha chiqara olgan bo‘lsa, Rossi tezlikni 313 kilometr/soatga yetkazdi.

Top