11:20 / 11.12.2015
1881

OAV: Malayziya hukumati jahonda ilk bor qayd etilgan denge bezgagiga qarshi vaksinadan foydalanishga zarurat sezmayapti

Malayziya hukumati jahonda ilk bor o‘ylab topilgan va xalqaro litsenziyaga ega denge bezgagiga qarshi vaksinadan foydalanishga zarurat sezmayapti. Bu haqda Star gazetasi ma'lum qilgan.

"Mutaxassislar Fransiyaning Sanofi Pasteur farmakologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu mahsulot ustida qo‘shimcha tadqiqot olib borishlari zarur”, - dedi qirollik bosh shifokori Hishom Abdulloh.

Ayni damda denge bezgagining to‘rt xil ko‘rinishi qayd etilgan. Shu bois kishida immunitet ishlamaydi va u bezgakning istalgan turiga chalinishi mumkin.

Dastlabki to‘qqiz oy mobaynida Malayziyada dengedan 219 nafar kishi halok bo‘ldi. Kasallanganlarning umumiy soni 80,6 ming nafarga yetadi.

Top