14:45 / 11.12.2015
16043

Samarqandda shifokorlar yangi tug‘ilgan go‘dakni sotish chog‘ida uni o‘ldirib qo‘yishdi

Samarqand viloyati Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limida doya bo‘lib ishlovchi Nargiza Suyunova va farrosh Gulsara Mardonovalar norasida go‘dakning o‘limida ayblanib uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qilindi. Voqea tafsilotlari “Huquq” nashrida keltirildi.

Aytilishicha, Suyunovaga Ziyoda ismli ayol murojaat qilib, bolasini oldirib tashlashni so‘ragan. Buning uchun ular Gulsara Mardonovaning uyiga borishgan. Mardonova bilan Suyunova birgalashib bolani tushirishgan. Ammo go‘dak tirik qolgan va uning sog‘lom qiz bola ekanligi aniqlangan. Onasi bolaga qarashni ham istamagan. Shunda tug‘ruqxona xodimlari bolani Gulandom ismli ayolga 1.5 mln so‘mga sotishga qaror qilishgan.

Ammo ular ayol bilan savdolashayotgan paytda uyda qarovsiz qolgan yangi tug‘ilgan qizaloq olamdan o‘tgan.

Top