11:34 / 11.12.2015
3281

Sog‘liqni saqlash vazirligi: emlanmagan bolalar maktabga qabul qilinmaydi

“Darakchi” gazetasining muxlislaridan biri tahririyatga murojaat qilib, 3 yoshli qiziga AKDS emlanishini rad etganini, shunda poliklinika terapevti bola katta bo‘lganida maktabga qabul qilinmasligidan ogohlantirganini aytdi. Ushbu murojaat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya Bosh boshqarmasi mutaxassisi Dilorom Tursunova o‘z izohlarini berdi.

“O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan emlash taqvimiga binoan 12 turdagi infeksiyalarga qarshi emlash olib boriladi, - ma'lum qildi u. – Bular ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma, qoqshol, V virusli gepatit, qizamiq, poliomiyelit, sil, bakterial meningit va pnevmakokk”.

Uning ta'kidlashicha, vaksinalar ayrim bolalarda reaksiya berib, umumiy ahvolning og‘irlashishi, haroratning ko‘tarilish kabi holatlarga sabab bo‘lishiga qaramay, uni olish zarur.
“Agar sizning qizingiz sog‘lom bo‘lsa, kerakli infeksiyaga qarshi emlatganingz ma'qul, - ta'kidladi mutaxassis. – Bunday bolalarni maktabga olmaslik haqida rasmiy qaror mavjud”.

Top