09:55 / 11.12.2015
2287

Suriya muxolifati Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mita ta'sis etdi

Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Suriya hukumatga qarshi tashkilotlari muzokaralarida mamlakat muxolifati Muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitani ta'sis etdi, deya xabar bermoqda The Washington Post.

Tashkilot tarkibidan 32 kishi joy oldi, ularning o‘n nafari qurollangan guruhlar vakillari bo‘lsa, to‘qqiz nafari Istambulda markazlashgan Muxolifat va inqilobiy kuchlarning milliy koalitsiyasi, sakkiz nafari mustaqil faollar, besh nafari esa Milliy muvofiqlashtiruvchi qo‘mita a'zolaridir.

Qurollangan muxolifatdan mazkur qo‘mitaga shimoliy va janubiy frontlar delagatlari hamda “Ahror ash-Shom” va “Jaysh al-Islom” guruhlaridan bir nafardan vakillar kiritildi.

Top