02:04 / 11.12.2015
7881

Tramp: musulmon-birodarlar fikrimga qo‘shilishdi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp CNN telekanaliga bergan intervyusida o‘zining AQShga musulmonlarni kiritmaslik to‘g‘risidagi fikrini hatto uning musulmon bo‘lgan do‘stlari ham qo‘llab-quvvatlaganligini aytib o‘tgan.

“Men musulmonlar uchun yaxshi ish qilyapman”, — dedi milliarder. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi ko‘pchilik uning fikrini tanqid ostiga olgan.

U o‘z do‘stlarining fikridan iqtibos keltirar ekan, shunday dedi: “Ular menga, Donald sen qandaydir yorqin va fantastik rejani amalga oshiryapsan, deyishdi”.

Trampning ma'lum qilishicha, “Yaqin Sharqdagi muhim insonlardan biri unga juda katta xizmat qilayotganini ta'kidlagan”. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra u irqchi ham emas, fanatik ham emas.

Top