14:39 / 11.12.2015
2552

Xitoy futbol klubi Ueyn Runiga yiliga 25 mln funtlik shartnoma taklif qildi

Angliyaning«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi Xitoy chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson ustozlik qilayotgan Xitoyning «Shanxay Telleys», ingliz klubi sardoriga yiliga 25 million sterlinglik shartnoma taklif qilmoqda.

Ushbu savdoga futbolchining imij huquqi ham kiritilishi mumkin. Xitoy klubi bu orqali mamlakat chempionatini ommalashtirish niyatida.

Qayd qilinishicha, «MYu» bilan yana uch yillik shartnomasi qolgan Runiga MLS klublari ham qiziqish bildirishmoqda, biroq Amerika ligasi vakillari bu miqdordagi pulni taklif qila olmasligi mumkin.

Top