12:35 / 11.12.2015
3468

Yapon vaziri: neft narxining tushishi dunyo iqtisodiyotini beqarorlashtirishi mumkin

Yaponiya Iqtisodiyotni tiklash vaziri Akira Amari neft narxining tushishi dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqdagi fikrlarini u Tokioda 11 dekabr kuni hukumat yig‘ilishidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bildirib o‘tdi.

“Agarda neftni qayta ishlovchi mamlakatlar iqtisodiyoti to‘xtashni boshlasa, bu butun dunyo xo‘jaligiga ta'sir ko‘rsatadi”, - dedi u. Vazirning tan olishicha, neft narxining arzonlashuvi yetti haftadan buyon benzin arzonlashib borayotgan Yaponiya singari davlatlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. “Biroq neft narxning bu qadar tushib ketishi global iqtisodiyot muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin”, - deya qayd etdi Amari.

Uning ta'kidlashicha, ayni paytdagi xom ashyo mahsulotlari narxining arzonlashuvi sharoitida Yaponiya tadbirkorlik kon'yunkturasi (ahvoli)ni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatda inflyatsiya darajasini yiliga 2gacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Top