15:49 / 11.12.2015
5072

Yaqin yillarda Rossiya bank kartalari iste'moldan chiqarilishi mumkin

2015 yil yakunlariga ko‘ra Rossiyaning kiberjinoyatchilik ortidan ko‘rgan yo‘qotishlari 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Sberbank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Lev Xasis bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, yaqin 5-7 yilda zamonaviy tushunchamizdagi bank kartalari yo‘q bo‘ladi – to‘lovlar uchun mobil uskunalarning o‘zini ishlatish kifoya qiladi.
Skandinaviya davlatlarida allaqachon an'anaviy qog‘oz pullarni ishlatishni bekor qilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Pullarning jismonan yo‘q bo‘lishi bilan bankomatlar ham yo‘q bo‘ladi.
O‘zgarishlar birdaniga hamma joyda sodir bo‘lmaydi, albatta. Yaqin besh yil ichida naqd pul saqlanib turadi.

Gap bitkoinlar haqida emas, aynan milliy valyutalar haqida ketmoqda.
“Davlatlar asosiy kriptovalyuta bo‘lmish bitkoinlardan foydalanishni man qiladi”, - fikr bildirdi “Kasperskiy laboratoriyasi” direktori Yevgeniy Kasperskiy.

Shunga qaramay, bitkoinlar va naqd pul jinoyatchilar orasida mashhurlikka erishadi. Masalan, kompyuter tizimlarini egallash va yoki sotib olish uchun bitkoinlar ishlatiladi. Rossiyada bitkoin man qilingan, ammo texnologiyaning o‘zidan butunlay voz kechilmagan. Moliyaviy institutlar bugun o‘zlarida o‘sha kriptovalyutaning yaratilishida qo‘llangan texnologiyalarni joriy etmoqda.

Top