15:52 / 11.12.2015
1832

"Zenit" Karlo Anchelottini taklif etish uchun muzokara boshlangani haqidagi xabarni inkor etdi

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan muzokaralar o‘tkazmayotgani haqida rasman ma'lum qildi. Bu haqda TASS nashri jamoa matbuot xizmatiga asoslanib, xabar tarqatgan.

Bugun, 11 dekabr kunining birinchi yarmida rus nashrlarida "Zenit"ga bosh murabbiy sifatida ayni vaqtda ishsiz yurgan Karlo Anchelotti olib kelinishi va unga rekord darajada mablag‘ tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Xabarlarda Anchelottiga taklif bilan chiqilgani va mutaxassis bu taklifga rozi bo‘lgani haqida aytilgandi.

"Bu boradagi barcha xabarlarda zarracha ham haqiqat yo‘q. Biz Anchelotti bilan muzokaraga kirishganimiz ham yo‘q", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Biroz oldinroq, "Zenit"ning amaldagi murabbiyi Andre Villash-Boash mavsum yakunlangach, klub bilan shartnomani uzaytirmasligi va Rossiyani tark etishi haqida ma'lum qilgandi.

Top