10:51 / 12.12.2015
2997

Afg‘oniston politsiyasi mamlakat poytaxtidagi jangarilar yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Afg‘oniston politsiyasi Qobulda joylashgan Ispaniya elchixonasidan uncha uzoq bo‘lmagan uyga hujum qilgan jangarilarning barchasi yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi.

“Qobul teraktida ishtirok etgan barcha jangarilar afg‘on maxsus qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilindi”, — deb ma'lum qildi mamlakat IIV matbuot kotibi o‘z tvitterida.

Xavfsizlik kuchlari va jangarilar o‘rtasidagi otishma bir necha soat davom etgan.

Top