23:09 / 12.12.2015
10692

Yevro-2016 turniri uchun qur'a tashlandi

12 dekabr oqshomida Parij shahrida 2016 yilgi Yevropa chempionatining yakuniy final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'a tashlash marosimida Ruud Gullit (Gollandiya), Biksent Lizarazyu (Fransiya), Oliver Birxoff (Germaniya), Angelos Xaristeas (Gretsiya), Antonin Panenka (Chexiya), David Trezege (Fransiya) va Visente del Boske (Ispaniya) kabi mashhurlar qatnashishdi.

Marosimda 24ta terma jamoa oltita guruhga bo‘lindi.


"A" guruhi:
1. Fransiya, 2. Ruminiya, 3. Albaniya, 4. Shveytsariya.

"B" guruhi:
1. Angliya, 2. Rossiya, 3. Uels, 4. Slovakiya.

"C" guruhi:
1. Germaniya, 2. Ukraina, 3. Polsha, 4. Shimoliy Irlandiya.

"D" guruhi:
1. Ispaniya, 2. Chexiya, 3. Turkiya, 4. Xorvatiya.

"E" guruhi:
1. Belgiya, 2. Italiya, 3. Irlandiya, 4. Shvetsiya.

"F" guruhi:
1. Portugaliya, 2. Islandiya, 3. Avstriya, 4. Vengriya.

Pley-off bosqichiga har bir guruhdan birinchi ikkita o‘rinni egallagan termalar va eng yaxshi natijalarni qayd etgan yana to‘rtta 3-o‘rin sohiblari ham yo‘l olishadi.

Qit'a chempionati bir oy davom etadi (10 iyun - 10 iyul). O‘yinlarni Fransiyaning 10ta shahri qabul qiladi: Bordo, Lans, Lill, Lion, Marsel, Tuluza, Sent-Eten, Nitstsa, Parij va Sen-Deni.

UYeFA Yevro-2016 turnirini o‘tkazish orqali 1,95 mlrd yevro daromad qiladi.

Yevro-2016 turniri g‘olibi 27 mln yevro mukofot oladi.

Yevro-2016 turnirida golni aniqlash tizimidan foydalanilishi mumkin.

Top