15:25 / 12.12.2015
2831

Yevro-2016 turnirida golni aniqlash tizimidan foydalanilishi mumkin

Fransiyada o‘tkaziladigan Yevro-2016 turnirida golni aniqlash tizimi qo‘llanishi mumkin. UYeFA tashkiloti bosh kotibi Janni Infantino 11 dekabr kuni o‘tkazilgan tashkilotning ijroiya qo‘mitasida Yevro-2016 turnirida golni aniqlash tizimini joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilganini ma'lum qildi.

Shuningdek, bunday texnologiyadan (to‘p darvoza chizig‘ini to‘liq kesib o‘tganini aniqlovchi tizim) YeChL hamda Yevropa Ligasining keyingi mavsumlarida qo‘llash masalasi ham muhokama etilgan.

Yig‘ilishda darvozalar ortida yordamchi hakamlardan foydalanish ham amal qilinishi davom etishi aytilgan.

Bu borada yakuniy qaror 2016 yilning yanvarida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ma'lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, golni aniqlash tizimi ilk bor APLning 2013-14 yilllardagi mavsumida joriy qilingan. 2014 yilgi mundialda ham bu tizimdan foydalanildi.

Top